Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 8-sentabr

Ushbu siyosat MCHJ "Salam AI" (STIR 123456789, Toshkent shahri, O'zbekiston) tomonidan taqdim etiladigan Salam AI xizmatiga tegishli. Quyida biz qanday ma'lumotlarni yig'ishimiz, nima uchun ishlatishimiz, kim bilan bo'lishishimiz va siz ularni qanday o'chirishingiz mumkinligi tushuntirilgan.

1. Salam AI nima qiladi

Salam AI — biznes akkauntlar uchun sun'iy intellektga asoslangan savdo yordamchisi. U biznesning Instagram va Telegram akkauntlariga kelgan izoh va xabarlarga avtomatik javob beradi, mijozlarning qiziqishini aniqlaydi va bu ma'lumotni biznesga yetkazadi.

2. Ikki toifadagi foydalanuvchi

Siyosat ikki guruhga turlicha tegishli:

Yakuniy foydalanuvchilarning ma'lumotiga nisbatan biznes mijoz ma'lumotlar egasi, MCHJ "Salam AI" esa uning topshirig'i asosida ishlovchi ijrochi hisoblanadi.

3. Qanday ma'lumot yig'iladi

3.1. Yakuniy foydalanuvchilardan

Ma'lumotManbaNima uchun
Instagram foydalanuvchi identifikatori va foydalanuvchi nomiInstagramKimga javob yuborishni aniqlash
Izoh matniInstagramSavolni tushunish va javob tayyorlash
Yozishmalar matniInstagram, TelegramSuhbatni davom ettirish
Telegram identifikatori, foydalanuvchi nomi, ismiTelegramSuhbatni tanib olish
Suhbatda o'zingiz aytgan ma'lumotlar: ism, telefon raqami, tug'ilgan yil, qiziqqan yo'nalish, mavjud daraja, qulay vaqt va shunga o'xshashlarSizBiznesga sizga mos taklif tayyorlash imkonini berish

Biz hech qachon yig'maymiz: parolingiz, elektron pochta manzilingiz (agar o'zingiz yozmasangiz), to'lov ma'lumotlaringiz, joylashuvingiz yoki qurilmangizdagi kontaktlar.

3.2. Biznes mijozlardan

4. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

Biz sizning ma'lumotingizni sotmaymiz va uchinchi tomon reklamasi uchun ishlatmaymiz.

5. Kim bilan bo'lishiladi

KimNima uzatiladiNima uchun
Google (Gemini)Izoh va xabar matni, biznesning bilim bazasiJavob matnini tayyorlash
Meta (Instagram, Facebook)Javob va xabar matniJavobni sizga yetkazish
TelegramXabar matniJavobni sizga yetkazish
Biznes mijozning CRM tizimi (Bitrix24 yoki Kommo)Ism, telefon, qiziqish ma'lumotlariFaqat o'sha biznes uni yoqib qo'ygan bo'lsa

Ushbu xizmatlarning har biri o'z maxfiylik siyosatiga ega. Bulardan tashqari biz ma'lumotni faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab qilgan hollarda va faqat vakolatli organlarga taqdim etamiz.

6. Ma'lumot qancha saqlanadi

Ma'lumot biznes mijoz Salam AI'dan foydalanayotgan vaqt davomida saqlanadi. Biznes mijoz xizmatdan voz kechganda yoki siz o'chirishni so'raganingizda o'chiriladi. Siz istalgan vaqtda o'chirishni so'rashingiz mumkin — quyidagi 7-bo'limga qarang.

7. Sizning huquqlaringiz

Siz quyidagilarni so'rashga haqlisiz:

Instagram ma'lumotlarini o'chirish

Instagram ilovasida Sozlamalar → Sayt va ilovalar bo'limiga o'ting, ro'yxatdan Salam AI ni topib O'chirish ni tanlang. So'rov bizga avtomatik yetadi va sizga tasdiq kodi beriladi.

O'chirish sahifasi va so'rov holatini tekshirish →

Boshqa har qanday so'rov uchun info@salamai.uz manziliga yozing. Biz so'rovga 30 kun ichida javob beramiz. Yakuniy foydalanuvchi ma'lumotlariga oid so'rovlarni biz tegishli biznes mijozga ham yetkazamiz, chunki ma'lumot egasi o'sha biznes hisoblanadi.

8. Xavfsizlik

Shunga qaramay, internet orqali uzatishning yuz foiz xavfsizligini hech kim kafolatlay olmaydi.

9. Bolalar

Xizmat 16 yoshgacha bo'lgan shaxslarga mo'ljallanmagan. Agar bunday shaxsning ma'lumoti bizga tushganini bilsak, uni o'chiramiz.

10. O'zgarishlar

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida biznes mijozlarga xabar beriladi, sahifada esa yangilanish sanasi ko'rsatiladi.

11. Bog'lanish

MCHJ "Salam AI"
STIR: 123456789
Manzil: Toshkent shahri, O'zbekiston
Elektron pochta: info@salamai.uz